» » Amerikada koronavirus tufayli yopilayotgan restoran mijozi salkam 10 ming dollar choychaqa qoldirdi

Amerikada koronavirus tufayli yopilayotgan restoran mijozi salkam 10 ming dollar choychaqa qoldirdi


AQShning Texas shtatidagi Xyuston shahrida joylashgan restoran mijozi 9,4 ming dollar choychaqa qoldirdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Xo‘randa bu ishni koronavirus tarqalishi tufayli ishsiz qolishi mumkin bo‘lgan restoran xodimlarini qo‘llab-quvvatlash uchun qildi.

O‘z buyurtmasi uchun pul to‘lagan erkak hisob qog‘oziga shunday deb yozuv qoldirdi: “Bu sizga kelgusi bir necha hafta mobaynida xodimlaringizga to‘lashingiz uchun choychaqa”.

Restoran vakillari ushbu pullar barcha xodimlarga teng taqsimlanishini ma’lum qildi. Har bir kishiga taxminan 300 dollardan pul tegadi.

Restoran ma’muriyati, shuningdek, agar talab bo‘lsa, buyurtma bo‘yicha ovqat yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘yishini, agar talab kam bo‘lsa, xodimlarni pul to‘lanmaydigan ta’tilga chiqarishini ham qo‘shimcha qilgan.

Xodimlar Facebook orqali saxiy insonga minnatdorchilik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, AQShda yangi turdagi COVID-19 koronavirusining tarqalishi sabab Yevropa mamlakatlaridan keluvchilar uchun 30 kunga vaqtinchalik taqiq o‘rnatildi. Birozdan so‘ng Donald Tramp mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatida favqulodda holat rejimi e’lon qilinganini bildirdi. Uning o‘zi ham koronavirusga test topshirdi. Trampda kasallik aniqlanmadi.

Mavzuga doir: AQShda koronavirus bilan kasallangan birinchi kongressmen aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют