» » O‘zbekistonda koronavirus sabab xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish 40 kunga to‘xtatiladi

O‘zbekistonda koronavirus sabab xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish 40 kunga to‘xtatiladi


O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, 2020-yilning 20-mart kunidan e’tiboran xalqaro yo‘nalishlarda avtobus, yengil avtomobil, temiryo‘l va havo transportlari orqali yo‘lovchi tashuvlari 40 kun muddatga to‘xtatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xabar qilgan.

Ushbu cheklov avtomobil, avia, temiryo‘l, daryo transportlarida amalga oshirilayotgan yuk tashuvlari va tashqi savdo yuklariga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Mavzuga doir: 

Avval O‘zbekistonda koronavirus sabab massaj salonlari, diskotekalar, bolalar o‘yin zallari faoliyati to‘xtatilgani, Toshkent hayvonot bog‘i yopilgani, IIVning fuqarolarni dezinfeksiyani bahona qilib, uyga kirishga urinayotgan shaxslarga ishonmaslikka chaqirgani, O‘zbekistonda koronavirus sababli yuzaga keladigan iqtisodiy muammolarga qarshi kurashish uchun 10 trillion so‘m ajratilishi hamda koronavirusga qarshi kurashga jalb qilingan 5,5 ming nafar tibbiyot xodimining maoshi 120 foizga oshirilishi haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют