» » Xalq ta’limi vazirligi karantin vaqtida o‘quvchilar uchun namoyish etiladigan videodarslar bo‘yicha tushuntirish berdi

Xalq ta’limi vazirligi karantin vaqtida o‘quvchilar uchun namoyish etiladigan videodarslar bo‘yicha tushuntirish berdi


O‘zbekistonga koronavirus kirib kelishi ortidan barcha ta’lim muassasalari karantin uchun yopilgan edi. Karantin vaqtida maktab o‘quvchilari uchun telekanallar orqali videodarslar namoyish etilishi ma’lum qilingan edi. Xalq ta’limi vazirligi mazkur videodarslar bo‘yicha bir qator masalalarga izoh berdi.

Qayd etilishicha, Xalq ta’limi vazirligi va milliy teleradiokompaniya tarkibidagi telekanallar hamkorlikda videodarslarni suratga olish ishlarini olib bormoqda. Bu haqdagi ma’lumotlar vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida va OAVlarda berib borildi.

Videodarslar yaqin kunlar ichida “Oilaviy”, “Madaniyat va ma’rifat”, “Dunyo bo‘ylab” va “Yoshlar” telekanallarida hamda Xalq ta’limi vazirligi rasmiy sayti (www.uzedu.uz) va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida namoyish etiladi.

Mavzuga doir: Karantin vaqtida maktab o‘quvchilari uchun darslar qaysi telekanallar orqali ko‘rsatilishi va ularning sanasi ma’lum qilindi

Ta’kidlanishicha, Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilarga alohida videodarslar tayyorlash va ularni tarqatish bo‘yicha hech qanday ko‘rsatma bermagan. Hududlarda videodars olishga o‘qituvchilarni norozi qilgan holda jalb qilish va turli hujjatlarni to‘ldirishni talab qilishga qat’iyan chek qo‘yish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berilgan.

Mavzuga doir: Maktab, akademik litseylar va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari o‘rtasida 5 ta fandan onlayn olimpiadalar tashkil etiladi

Vazirlikning ma’lum qilishicha, agar yuqorida keltirib o‘tilgan holatlar o‘qituvchilar bilan sodir bo‘layotgan bo‘lsa yoki shu to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lsa, sodir etilayotgan hudud va maktabni aniq ko‘rsatgan holda Xalq ta’limi vazirligiga murojaat qilish so‘raladi.

Mavzuga doir: Maktabgacha ta’lim vazirligiga “Bolajon” va yana 3 ta telekanal video-mashg‘ulotlar uchun berilishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют