» » Maktab, akademik litseylar va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari o‘rtasida 5 ta fandan onlayn olimpiadalar tashkil etiladi

Maktab, akademik litseylar va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari o‘rtasida 5 ta fandan onlayn olimpiadalar tashkil etiladi


23-martidan boshlab 4—11-sinf, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan onlayn olimpiadalar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Mavzuga doir: Maktab o‘quvchilari uchun televideniye orqali darslar berib boriladi

Vazirlik bergan ma’lumotga ko‘ra, o‘quvchilar olimpiadada bepul va ixtiyoriy ravishda ishtirok etishi mumkin. Buning uchun ishtirokchilar “Olympiad.uzedu.uz” sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishi va tahsil olayotgan ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan tasdiqlanishi kerak bo‘ladi.

Onlayn olimpiadalarni fanlar bo‘yicha o‘tkazish jadvali “Olympiad.uzedu.uz” veb-saytida e’lon qilib boriladi.

Mavzuga doir: Sherzod Shermatov maktablarda qaysi xodimlar faoliyatini ish joyida amalga oshirishi haqida ma’lumot berdi

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ijodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, ta’til davrida fanlarga oid qo‘shimcha materiallar bilan ta’minlab borish, egallagan bilimlarini baholash, natijalarni onlayn monitoring qilishdan iborat.

Onlayn olimpiada topshiriqlari murakkablik darajasi turlicha bo‘lgan 20 ta test savolidan iborat bo‘lib, topshiriqlarni bajarish uchun o‘quvchilarga bir soat vaqt ajratiladi.

Xalq ta’limi vazirligi ota-onalardan farzandlarining ta’til paytida dam olishlari va vaqtlarini samarali o‘tkazishlarini, darslarini o‘z vaqtida qilishlarini nazoratga olishlarini so‘raydi.

Mavzuga doir: Koronavirus sabab O‘zbekistondagi barcha maktablar, bog‘chalar va OTMlar karantinga yopiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют