» » O‘zbekistonda yuqori sinf o‘quvchilari uchun “al-Xorazmiy izdoshlari” nomli tanlov ta’sis etildi

O‘zbekistonda yuqori sinf o‘quvchilari uchun “al-Xorazmiy izdoshlari” nomli tanlov ta’sis etildi


O‘zbekistonda 10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika hamda informatika fanlari bo‘yicha “al-Xorazmiy izdoshlari” nomli ko‘rik-tanlov ta’sis qilindi. Bu haqda tanlov tashabbuskori — Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlovning asosiy maqsadi buyuk olim va matematik Muhammad al-Xorazmiyning ilmiy merosini targ‘ib qilish, yosh avlodning aniq fanlarga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida iqtidorli yoshlarni yuzaga chiqarish, ularga salohiyatlarini namoyish qilishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib berishdan iborat.

Ko‘rik-tanlov aprel oyida start oladi va uch bosqichda tashkil qilinadi. Birinchi bosqichda ishtirokchilar o‘z maktablarida matematika, fizika hamda informatika fanlaridan onlayn usulda imtihon topshiradi. 80 balldan yuqori ball to‘plagan yoshlar tanlovning keyingi bosqichiga yo‘l oladi. Ikkinchi bosqich mintaqaviy shaklda bo‘lib o‘tadi va ishtirokchilar uchala fanga doir jami 9 ta topshiriqni uddalashi kerak bo‘ladi. 100 balldan 75 ball to‘plaganlar so‘nggi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Toshkent shahridagi Inha universitetida o‘tkaziladigan so‘nggi bosqichda tanlov qatnashchilari e’tiboriga matematika, fizika hamda informatika fanlariga doir 15 ta vazifa havola qilinadi. Tanlovda eng yuqori ball to‘plagan olti nafar g‘olibga “Muhammad al-Xorazmiy izdoshlari” tanlovining diplomi hamda eng kam oylik ish haqining 65 barobaridan 100 barobarigacha bo‘lgan pul mukofotlari topshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют