» » O‘zbekistonda yilning eng yaxshi o‘qituvchilari aniqlanmoqda

O‘zbekistonda yilning eng yaxshi o‘qituvchilari aniqlanmoqda


O‘zbekistonda kimyo, fizika, tarix, matematika, informatika, rus adabiyoti, milliy istiqlol g‘oyasi, rus, nemis va fransuz tili o‘qituvchilari o‘rtasida “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi — 2017” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

2006-yildan buyon har yili an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinayotgan tanlov joriy yilda yangicha ko‘rinishda, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalangan holda tashkil qilindi.

Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi tomonidan mazkur tanlovning test jarayonlarini tashkil etish va natijalarini umumlashtirish bo‘yicha samarali hisoblangan elektron dastur tayyorlandi. Bu o‘z navbatida tanlov jarayonlarini markazlashgan holda boshqarib borish, o‘qituvchilar bilim saviyasini hududlar hamda fanlar kesimida tahlil qilish imkoniyatini berdi.

Ayni kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlarida yuqori natijalarni qayd etgan 95 nafar o‘qituvchi tanlovning respublika bosqichida ishtirok etmoqda.

Boshlang‘ich ta’lim, ona tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti, biologiya, geografiya, o‘zbek tili o‘qituvchilari o‘rtasida tanlovning respublika bosqichi joriy yil 11—15-sentabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (3-05-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют