» » O‘zbekistonlik ingliz tili o‘qituvchilari Buyuk Britaniyada malaka oshirib qaytdi

O‘zbekistonlik ingliz tili o‘qituvchilari Buyuk Britaniyada malaka oshirib qaytdi


O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Yilning eng yaxshi chet tili o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari Buyuk Britaniya oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirib qaytdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Buyuk Britaniyaning Glazgo Kaledonian universiteti tajribali mutaxassislari va professorlari tomonidan O‘zbekiston o‘qituvchilariga dars jarayonidagi til terminlari, talaffuz ustida ishlash, chet tilini o‘rgatishda autentik materiallardan foydalanish va dars o‘tishning boshqa samarali usullari haqida ma’lumot berildi.

Tajriba almashish jarayonida CEFR (Chet tilini egallashning umumyevropa talablari) tizimi va uning O‘zbekistonda joriy etilishi yuzasidan fikr almashildi.

Dars o‘tishning kichik guruhlar bilan ishlash, o‘qitishning kommunikatsion metodlaridan foydalanish, chet tilida muloqotga kirishish kabi usullari iboralar va rolli o‘yinlar orqali o‘rgatildi.

O‘zbekistonlik ingliz tili o‘qituvchilari Glazgo shahrida joylashgan Glazgo akademiyasi va maktablarda bo‘lib, O‘zbekiston hayotiga oid taqdimotlar o‘tkazdi.

Malaka oshirish kursi yakunida O‘zbekiston o‘qituvchilariga xalqaro sertifikatlar topshirildi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (14-02-2017, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют