» » Ko‘ylak va bo‘yinbog‘dagi turli naqshlarni bir-biriga moslaymiz

Ko‘ylak va bo‘yinbog‘dagi turli naqshlarni bir-biriga moslaymiz


Oq ko‘ylak va ko‘k bo‘yinbog‘dan iborat standart “komplekt” jonga tegdimi? O‘z qiyofangizga ko‘proq bejamdorlik bag‘ishlamoqchimisiz? Biz sizga katak-katak, chiziq-chiziq va boshqacha naqshli ko‘ylak va bo‘yinbog‘larni o‘zaro moslashtirish haqida gapirib beramiz.

Bir dizaynli ikki naqshni uyg‘unlashtirayotib, ulardan biri kattaroq hajmli bo‘lishiga e’tibor bering. Bir xil hajmli bo‘lsa, ko‘ylak va bo‘yinbog‘ birga qo‘shilib ketadi, yoqimsiz optik vibratsiyani hosil qilib, ko‘zni zo‘riqtiradi.

Ikki xil naqshlarni, masalan, katak-katak va chiziq-chiziq yoki katak-katak va peysli (qalampir nusxa), chiziq-chiziq va xol-xol gullarni aralashtirishda aksincha qoida amal qiladi. Ular taxminan bir xil hajmda bo‘lishiga e’tibor bering. Ammo istisnoli holat mavjud. Agar ko‘ylakning guli, masalan, juda mayda bo‘lsa, bo‘yinbog‘niki yirikroq bo‘lishi kerak.

“Katak-katak ko‘ylak + katak-katak bo‘yinbog‘”

Eng muhim qoida — ko‘ylakdagi kataklar bo‘yinbog‘nikidan maydaroq bo‘lishi kerak. Agar siz pidjak ham kiysangiz, unda pidjakdagi kataklar ham bo‘yinbog‘dagidan farqlanishi kerak. Yaxshisi, bunday tavtologiyadan uzoq yurgan ma’qul.

“Katak-katak ko‘ylak + boshqacha naqshli bo‘yinbog‘”

Bu yerda aksincha — kattaligi bir xil bo‘lgan naqshlarni tanlang, ammo ortiqcha tirishmang!

Katak-katak ko‘ylakni yirik chiziqli bo‘yinbog‘ bilan, shuningdek, xol-xol gulli yoki peysli (qalampir nusxa) bo‘yinbog‘ bilan uyg‘unlashtirib ko‘rish mumkin.

Опубликовано: admin (13-04-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют