» » Artel kompaniyasi Navro‘z ayyomi bilan muborakbod etadi

Artel kompaniyasi Navro‘z ayyomi bilan muborakbod etadi


Artel kompaniyasi barcha O‘zbekiston fuqarolarini Navro‘zi olam bilan samimiy muborakbod etadi. Barchangizga uzoq umr, sihat-salomatlik, xonadoningizga fayz-u baraka tilaydi.

Yurtimizga mayin ifori va tarovati, maftunkorligi va go‘zalligi bilan bahor fasli kirib keldi. Artel kompaniyasi barchangizni yangilanish va yasharish pallasi Navro‘zi olam bilan chin dildan muborakbod etadi. Barchangizga uzoq umr, sihat-salomatlik, xonadoningizga fayz-u baraka, oilangizga baxt-saodat tilaydi. Barcha o‘ylagan orzu niyatlaringiz amalga oshishini, ishlaringizga omad va muvaffaqiyat tilab qoladi.

Bahor – shodlik va quvonch pallasi. Ammo 2020-yil birdamlik va hamjihatlik pallasi hamdir. O‘zbekiston aholisi nafaqat o‘zining yuksak insoniy fazilatlari, balki bardoshliligi, har qanday qiyinchiliklarni mardonavor yengib o‘ta olish qobiliyati bilan ajralib turadi. Navro‘z ayyomi barchamizga shodlik va quvonch baxsh etsa-da, ammo ma’suliyat birinchi o‘rinda bo‘lishi lozim. Artel kompaniyasi barchangizga ushbu quvonchli kunni oila davrasida yaqinlaringiz bilan o‘tkazishni maslahat beradi. Bugungi kunda yurtimizdagi vaziyatni yaxshilinishiga barchamizni qo‘sha oladigan hissamiz shudir.

Bu shod kunda Artel kompaniyasi barchangizga baxt-saodat tilaydi. Navro‘z ayyomi sizga xursandchilik va quvonch baxsh etsin. Bir-birimizga yaqinlashtiruvchi, birlashtiruvchi urf-odatlar va an’analar bizni hech qachon tark etmasin. Navro‘z ayyomingiz muborak, qadrli do‘stlar!

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют