» » Nyu-Yorkda dunyoning eng yaxshi avtomobillari tanlandi (foto)

Nyu-Yorkda dunyoning eng yaxshi avtomobillari tanlandi (foto)


Nyu-York motorshousida “Yilning butunjahon avtomobili” konkursi g‘oliblari ma’lum qilindi. Birinchi o‘rinni Jaguar F-Pace krossoveri egalladi. Avtomobil “Eng yaxshi dizayn” yo‘nalishida ham birinchi o‘rinni oldi. Bu haqda “Motor” xabar berdi.

“Yilning butunjahon avtomobili” maqomini qo‘lga kiritish uchun Jaguar F-Pace finalda Audi Q5 va Volkswagen Tiguan yo‘ltanlamaslari bilan raqobatlashdi. Eng chiroyli avtomobil kategoriyasida esa Jaguar Mercedes-Benz S-Class kabrioleti va Toyota C-HR krossoverini ortda qoldirdi.

BMW i3 elektrokari yilning eng yaxshi shahar avtomobili bo‘ldi. “Yilning eng shinam avtomobili” kategoriyasida Mercedes-Benz E-Class avtomobili BMW 5-Series va Volvo S90/V90’ni ortda qoldirib, g‘olib bo‘ldi.

Yilning eng yaxshi sport mashinasi sifatida Porsche 718 Boxster/Cayman tan olindi. U McLaren 570S va Audi R8 Spyder’dan ustun keldi. “Eng ekologik mashina” kategoriyasida birinchi o‘rinni Toyota Prius Prime egalladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют