» » Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida 2 ta yangi o‘tkazish punkti ochiladi

Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida 2 ta yangi o‘tkazish punkti ochiladi


Toshkentda bo‘lib turgan Qozog‘iston madaniyat va sport vaziri Aristanbek Muhamediuli O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Anvar Sharopov bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmatiga tayanib, Kazakhstan Today xabar bermoqda. 

Aristanbek Muhamediuli uchrashuv davomida sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirish uchun Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida 2 ta yangi o‘tkazish punkti ochilishi, mavjud 3 tasi esa kun-tun ish tartibiga o‘tishini ma’lum qildi. 

Ikki davlat o‘rtasida temir yo‘l va avtobus qatnovining ochilishi ikki tomondan ham sayyohlar oqimining ko‘payishiga turtki berishi bildirildi. Jumladan, Olmaota—Toshkent va Toshkent — Olmaota yo‘lovchi tezyurar poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Qo‘shimcha Ostona — Toshkent reyslari joriy etildi, endi ular haftasiga 6 marotaba amalga oshiriladi. 

Oxirgi yillarda O‘zbekistona kelayotgan qozog‘istonliklar soni ortib bormoqda. Ular asosan Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga tashrif buyurmoqda.

O‘z navbatida, Ostonada “EKSPO 2017” maxsus ko‘rgazmasi o‘tkazilishi o‘zbek sayyohlarining Qozog‘istonga qiziqishini oshirishi kutilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 101) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют