» » O‘zbekistonlik 29 yoshli tadbirkor Dilmurod Asqarov Forbes ro‘yxatiga kiritildi

O‘zbekistonlik 29 yoshli tadbirkor Dilmurod Asqarov Forbes ro‘yxatiga kiritildi


AQShda faoliyat olib boruvchi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan iqtisodchi Dilmurod Asqarov Forbes’ning 30 yoshdan kichik bo‘lgan osiyolik eng badavlat tadbirkorlarning o‘ttiztalik ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda iqtisodchining Linkedin tarmog‘idagi profilida ma’lum qilingan.

Dilmurod Asqarov savdoni moliyalashtirish, venchur kapitali, biznesni rivojlantirish sohalarida katta tajribaga ega. Hozirgi vaqtda u Osiyodagi bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan kichik va o‘rta biznes korxonalarida mavjud 692 milliard dollarga teng moliyaviy yetishmovchilikni bartaraf etishga e’tibor qaratmoqda.

Dilmurod Asqarov Bangladesh, Kambodja, Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Qozog‘iston, Malayziya, Mongoliya, Pokiston, Filippin, Singapur, Janubiy Koreya, Shri-Lanka, Tayvan, Tojikiston, Tayland, Turkmaniston, BAA, O‘zbekiston va Vyetnamda 100 ming dollardan 2 mln dollargacha bo‘lgan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirgan.

Shuningdek, u rivojlanmagan hududlardagi va Kleiner Perkins Caufield Byers, Benchmark Capital, New Enterprise Associates va Khosla Ventures kabi venchur kapitali asosidagi texnologik jihatdan qoloq kompaniyalarga investitsiyalar kiritgan. U tomonidan investitsiya faoliyatiga hissa qo‘shilgan yirik kompaniyalar qatoriga Facebook, Magnum Semiconductor, Bloom Energy va boshqalar kiradi. U bilan birga ishlagan yirik hamkorlar Forbes Midas ro‘yxatiga kiritilgan.

U sakkizta tilni biladi va hozirgi vaqtda Markaziy Osiyodan AQShga boradigan migrantlarga yordam ko‘rsatuvchi CAF notijorat xayriya tashkilotida ishlamoqda.

Dilmurod Asqarov 2017-yilda Forbes’ning ushbu 30 talik ro‘yxatiga kiritildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 53) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют