» » Qozog‘iston O‘zbekistonga Xitoy hamda Rossiya bozorlarini birgalikda to‘ldirishni taklif qildi

Qozog‘iston O‘zbekistonga Xitoy hamda Rossiya bozorlarini birgalikda to‘ldirishni taklif qildi


Qozog‘iston tadbirkorlari o‘zbekistonlik hamkasblariga Xitoy hamda Rossiya bozorlarini to‘ldirish borasida o‘zaro hamkorlikni taklif qildi, deya xabar beradi “Kazinform”.

“Qozog‘iston yaqinida ikki yirik bozor joylashgan: Xitoy Xalq Respublikasi hamda Rossiya Federatsiyasi. Bu yirik bozorlarni faqatgina Qozog‘iston tadbirkorlari orqali egallash juda qiyin, chunki ulardan keladigan talablar hajm jihatdan juda katta. Qardosh davlatlarimiz o‘rtasidagi, Qozog‘iston hamda o‘zbekistonlik biznesmenlar o‘rtasidagi kooperatsiya ushbu bozorga chiqishning katta imkonini beradi”, — deydi “Ota makon” tadbirkorlar palatasi raisining o‘rinbosari Nurjan Altayev.

Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda qozog‘istonliklar ishtirokida 230 ga yaqin, Qozog‘istonda esa O‘zbekiston vakillari ishtirokida 130 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-03-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют