» » Meksikada samolyotdan tashlab yuborilgan uch kishining jasadi topildi

Meksikada samolyotdan tashlab yuborilgan uch kishining jasadi topildi


Meksikaning Sinaloa shtati shimolidagi shifoxona tomidan bir erkakning jasadi topildi. Jasadlar samolyotdan tashlab yuborilgan, deya taxmin qilinmoqda. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, samolyot shifoxona ustidan juda past balandlikda uchib o‘tgan. Shuningdek, shtat ma’muriy markazi bo‘lmish Kulyakan shahridan 60 kilometr janubda yana ikki jasad topilgan. Ular ham aynan o‘sha samolyotdan tashlangan. Politsiya voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda.

Sinaloa — narkobaron, “Pakana” laqabli Xoakin Gusman Loera tug‘ilgan shtat. U 2016-yilda hibsga olingan edi. Xoakin hibsga olingach, mamlakatdagi ulkan narkokartel va narkomafiya vakillarining qarshiliklari sabab Meksikada xavfsizlik darajasi yomonlashgan.

 “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют