» » Meksika shimolida odam jasadlari joylangan 8 ta qop topildi

Meksika shimolida odam jasadlari joylangan 8 ta qop topildi


Meksika shimolidagi Nuevo-Leon shtati Eskobedo munitsipalitetida odam jasadlari qoldiqlari bo‘lgan sakkizta qop topildi. Hukumat vakillarining ma’lum qilishicha, qoplar yo‘lakda qoldirib ketilgan avtomobil kuzovida bo‘lgan, deb yozadi “TASS”.

Kriminalist-ekspertlar topilgan jasadlar ustida ish olib bormoqda. Ular jasad qoldiqlari necha kishiga taalluqli ekanligini aniqlashi lozim.

Avvalroq mazkur haftada Gerrero shtatida ikki kun ichida to‘qqiz odamning jasadi bo‘lgan 19 ta plastik qop topilgan edi.

Statistika va geografiya milliy instituti tomonidan o‘tkazilgan oxirgi so‘rov natijalariga ko‘ra, 74 foizdan ortiq meksikalik yashash joyida o‘zini xavfsiz deb hisoblamaydi.

Опубликовано: admin (9-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют