» » Koronavirusga qarshi kuchaytirilgan tartib: O‘zbekistonda internet va telefon aloqasi uchun to‘lovlar kechiksa, uzib qo‘yilmaydi

Koronavirusga qarshi kuchaytirilgan tartib: O‘zbekistonda internet va telefon aloqasi uchun to‘lovlar kechiksa, uzib qo‘yilmaydi


O‘zbekiston hududida 2020-yil 24-mart soat 00:01 dan boshlab koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etiladi.

Unga ko‘ra, davlat idoralari va tashkilotlarida fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari vakillarini qabul qilish hamda ularga davlat va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish imkon qadar “onlayn” rejimga o‘tkaziladi.

Fuqarolar tomonidan Internet jahon axborot tarmog‘i va telefon aloqasi uchun to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli ikki oy davomida o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Idoraviy bo‘ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarning asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni mehnat ta’tiliga chiqarish, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (“onlayn” rejimda yoki masofaviy tarzda) tashkil etish choralari ko‘riladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют