» » O‘zbekistonda karantinga olinganlar va uning qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka tortilganlar soni ma’lum qilindi (video)

O‘zbekistonda karantinga olinganlar va uning qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka tortilganlar soni ma’lum qilindi (video)


O‘zbekistonda 24 mart holatiga ko‘ra, jami 28 066 kishi karantinga olingan. Ularning 18961 nafari uy sharoitida tibbiy kuzatuv ostida turibdi, 9105 kishi esa tibbiyot muassasalarida karantin davrini o‘tamoqda. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, Toshkent shahrida jami 7391 kishi, shu jumladan 4914 kishi uyda, 2477 kishi kasalxonalarda karantinga olingan. Toshkent viloyatida karantinga olinganlar soni 4614 kishini tashkil etadi. Ularning 2685 nafari uy sharoitida, 1930 nafari esa kasalxona sharoitida karantinga olingan.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, karantin qoidalariga amal qilmagani uchun jami 64 kishi ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Ularning 12 nafari Toshkent shahri, 16 nafari Toshkent viloyati va 10 nafari Jizzax viloyatida qayd etilgan.

Shuningdek, Buxoro viloyatida 6 kishi jarimaga tortilgan bo‘lsa, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida 3 kishidan karantin qoidalarini buzganlar aniqlangan. Farg‘ona viloyatida 2 kishi, Navoiy va Namangan viloyatlarida bir kishiga ma’muriy chora ko‘rilgan bo‘lsa, Andijon viloyati va Qoraqalpog‘istonda bunday holat qayd etilmagan.

Shuningdek, karantin qoidalariga rioya qilmagani uchun uch kishi jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ularning ikki nafari Samarqand viloyatida, bir nafari esa Qoraqalpog‘istonda qayd etilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashishga bir kunda 5 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yig‘ildi

Avvalroq, Toshkent shahar IIBB fuqarolarni karantin talablariga bepisand bo‘lmaslikka chaqirgan edi. Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 55 kishini tashkil etmoqda, to‘rt nafar bemorning ahvoli og‘ir ekanligi ma’lum qilindi. Mamlakatda koronavirusni aniqlash bo‘yicha test tizimi ishlab chiqildi.

Mavzuga doir: “Ijtimoiy fikr”: O‘zbekistonliklarning 75 foizdan ortig‘i koronavirus haqida xabardor



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 127) ( 0) ( 124) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют