» » Video: Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov karantinga olingan o‘zbekistonliklarning umumiy sonini ma’lum qildi

Video: Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov karantinga olingan o‘zbekistonliklarning umumiy sonini ma’lum qildi


O‘zbekistonda koronavirusga chalingan sakkiz kishining orasida og‘ir ahvoldagilar yo‘q, ularning ahvoli yomonlashmayapti. Bundan tashqari, 641 kishi kasalxonalarda, 5661 kishi esa uy sharoitida karantinga olingan. Bu haqda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ma’lum qildi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni sakkiz nafarga yetdi

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, kasallik aniqlangan fuqarolardan biri — 15-mart, yakshanba kuni, Turkiyadan yetib kelgan bemorda tana haroratining yuqoriligi aeroportda teplovizor yordamida o‘tkazilgan dastlabki tekshiruvda aniqlangan. Shundan so‘ng, mazkur fuqaro maxsus tez yordam mashinasida Virusologiya markaziga olib borilgan. Markazda tekshiruvlar o‘tkazilgan va mazkur fuqaroda koronavirus borligi aniqlangan.

Aniqlangan holatlardan yana biri — Fransiyadan kelgan bemor ayolning yaqin qarindoshi kasalxonada nazorat ostida bo‘lgan paytda unda virusning borligi aniqlangan. Ayolning mazkur qarindoshi u bilan bevosita muloqotda bo‘lgani sababli virusni yuqtirib olganligi aytilmoqda. Mazkur sakkiz nafar fuqaro bilan muloqotda bo‘lgan kishilarni aniqlash ishlari davom ettirilmoqda.

Alisher Shodmonovning ma’lum qilishicha, ayni paytda 641 kishi tibbiy muassasalarda karantinda turibdi. Ularda kasallik aniqlanmagan, lekin kasallanganlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan. Jumladan, Virusologiya ilmiy-tekshirish institutida 49 nafar. Toshkent shahridagi 6-shifoxonada 85 nafar, “Bo‘ston” sanatoriysida 181 nafar, “Energetik” sanatoriysida Seuldan olib kelingan 212 nafar fuqaro, xususiy shifoxonalardan birida 114 nafar fuqaro karantinga olingan. Karantinga olinganlar orasida tibbiyot xodimlari, ichki ishlar idoralari, chegara va bojxona xizmatlari xodimlari ham mavjud.

Mavzuga doir: Koronavirusdan himoyalanish bo‘yicha asosiy choralar

Vazirning qayd etishicha, kasallanganlar bilan yaqin muloqotda bo‘lganlar shifoxonada karantinga olinmoqda. Karantinga olinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar esa uy sharoitida karantinga olinmoqda. Ikki kunning ichida 5661 kishi uy sharoitida karantinga olingan.

Latviya va Erondan amalga oshiriladigan charter reyslarida olib kelinadigan fuqarolar Namangan viloyatidagi ikkita tibbiy muassasada karantinga joylashtiriladi. Bundan tashqari, boshqa bir qator davlatlardan ham charter reyslarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Olib kelinadigan fuqarolar uchun tibbiy muassasalar tayyorlangan.

Mavzuga doir: Video: O‘zbekiston Eronga koronavirusdan himoyalanish vositalaridan iborat gumanitar yordam jo‘natdi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olganlar soni sakkiz nafarga yetdi. 15-mart, yakshanba kuni, bir muddat avval Fransiyada bo‘lib qaytgan o‘zbekistonlik ayolda koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgan edi. Keyinchalik uning o‘g‘li, qizi, turmush o‘rtog‘i va nevarasida ham virus aniqlangani ma’lum qilingan edi.

Olib borilgan tahlil natijalariga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, ushbu bemor bilan muloqotda bo‘lgan qarindoshida ham koronavirus qayd etilgan.

Bundan tashqari, 14-mart kuni Uzbekistan Airways’ning London—Toshkent reysida kelgan O‘zbekiston fuqarosida ham koronavirus aniqlangan. 15-mart kuni soat 05:15 da Uzbekistan Airways’ning Istanbul—Toshkent reysida kelgan O‘zbekiston fuqarosida ham koronavirus qayd etilgan. Avvalroq koronavirusga chalingan olti bemorning ahvoli qoniqarli ekani ma’lum qilingan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda kuniga 500 ming dona tibbiy niqob ishlab chiqarilmoqda, ularning sonini 2 milliontaga yetkazish mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют