» » Toshkentda rossiyalik mashhur dirijyor Valeriy Gergiyev boshchiligidagi orkestr konsert berdi

Toshkentda rossiyalik mashhur dirijyor Valeriy Gergiyev boshchiligidagi orkestr konsert berdi


“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Rossiya xalq artisti, Myunxen filarmoniyasi orkestri bosh dirijyori Valeriy Gergiyev boshchiligida Sankt-Peterburgning Mariinskiy teatri filarmoniya orkestri konserti bo‘lib o‘tdi. O‘zA xabariga ko‘ra, kechada K.Debyussi, I.Stravinskiy, P.Chaykovskiy ijodiga mansub musiqalar yangradi.

Taniqli rus san’atkorlari ishtirokidagi konsertda solist — iqtidorli yosh o‘zbek pianinochisi Behzod Abduraimov mashhur rus kompozitori Sergey Prokofyevning orkestr jo‘rligida fortepiano uchun “3-konsert”ini ijro etdi.

“Mashhur rus dirijyori, nafaqat Rossiya, ayni paytda Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya, Yaponiya, Ispaniya va boshqa mamlakatlar filarmonik orkestrlariga dirijyorlik qilib kelayotgan Valeriy Gergiyevning Toshkentdagi konserti muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi”, — deb yozadi O‘zA.

Опубликовано: admin (13-04-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют