» » Polshada 23 yil kapsulada saqlangan BMW auksionga qo‘yildi (foto)

Polshada 23 yil kapsulada saqlangan BMW auksionga qo‘yildi (foto)


eBay’da sotib olinganidan buyon havo aylanuvchi maxsus kapsulada saqlangan BMW 7-Series avtomobili auksionga qo‘yildi. 1997-yilda ishlab chiqarilgan sedanning odometriga ko‘ra, mashina 254 kilometr yurgan, deb xabar beradi Motor.

Avtomobilning hozirgi egasi uni 1927-yili tug‘ilgan ayoldan sotib olgan va saqlash uchun garajiga joylashtirgan. Mashina 50 700 yevroga baholanmoqda.

E38 kuzovida yaratilgan BMW’ning egasi 1997-yilda mashinani xarid qilishi bilanoq “konservalab qo‘ygan”. Ta’kidlanishicha, havoning mexanik aylanishi sabab sedan juda yaxshi holatda saqlangan va dunyoda bu kabi holatda saqlangan birorta 7-Series mavjud emas.

BMW 7-Series’ga 286 ot kuchiga ega 4,4 litrli V8 dvigateli o‘rnatilgan. Uzatmasi — orqa o‘qda, uzatmalar qutisi — besh pog‘onali avtomat.

Mavzuga doir: Yagona nusxada yaratilgan Slash sportkari sotuvga qo‘yildi (foto)

Ayni vaqtda ushbu avtomobil Polshaning Gogolin shahrida saqlanmoqda, ammo mashina egasi uni Yevropa ittifoqidagi istalgan mamlakatga jo‘natishga tayyor. Auksion 31-martga qadar davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют