» » 60 yil garajda turgan Mercedes-Benz 300SL qariyb 1 million dollarga baholanmoqda

60 yil garajda turgan Mercedes-Benz 300SL qariyb 1 million dollarga baholanmoqda


The Barn Find Hunter ko‘rsatuvi boshlovchisi Tom Kotter ichida 60 yil davomida Mercedes-Benz 300SL Gullwing avtomobili saqlangan garajni ochdi, deb yozmoqda “Motor”. Topilgan avtomobil modelning 43-namunasi bo‘lib, 1954-yilda ishlab chiqarilgan. Qayta tiklangan mashina qariyb bir million dollar turadi.

Amelia Island Concours ko‘rgazmasining tashkilotchisi Bill Uornerning so‘zlariga ko‘ra, 1950-yillarning o‘rtalarida avtomobilning original bo‘yog‘i olib tashlangan, unga grunt qatlam tushirilgan, biroq mashina bo‘yalmasdan qolgan.

Avtomobilning barcha detallari asl holicha saqlangan. Ikki yil ketadigan to‘liq restavratsiyadan so‘ng Mercedes-Benz 300SL Gullwing’ning narxi 900 ming dollarni tashkil qilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 06:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют