» » Video: O‘rmondagi qorda drift qilayotgan “Maybax” yo‘ltanlamasi

Video: O‘rmondagi qorda drift qilayotgan “Maybax” yo‘ltanlamasi


Mercedes-Benz’ning YouTube’dagi kanalida qorda drift qilayotgan Mercedes-Maybach G650 Landaulet ochiq yo‘ltanlamasining videosi paydo bo‘ldi. “Motor” xabariga ko‘ra, avtomobilni sinovchi haydovchi hamrohligida olmon teleboshlovchilari — Jan-Pyerr Kramer va Mattias Malmedi boshqargan.

Ochiq avtomobil Mercedes-Benz G500 4x4 bazasida tayyorlangan. Yo‘ltanlamasga quvvati 630 ot kuchiga, hajmi 6 litr bo‘lgan V12 tvin-turbo motor o‘rnatilgan. Avtomobilning g‘ildirak bazasi oddiy G-klass mashinalaridan 578 millimetrga kattaroq bo‘lib, 3,4 metrga yetadi, klirensi esa 450 millimetrga teng.

Bunday Gelandewagen’ning orqa qismi ochiq; ochiq orqa bilan yopiq old qismi pardevor bilan ajratilgan. Ikkinchi o‘rindiq qatori yig‘iladigan yumshoq tom bilan yopiladi. Ikkini qator o‘rindiqlari S-klass Mercedes’laridagi kabi — ular elektr uzatma va massaj bilan ta’minlangan.

“Maybax” yo‘ltanlamasi cheklangan tirajda — atigi 99 dona ishlab chiqarilgan. Bunday avtomobillarning eng so‘nggisi kimoshdi savdosida 1,2 million yevroga sotilgan edi. Qolganlari esa 630 ming yevrodan pullangan.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 16) ( 0) ( 14) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют