» » Farg‘onada koronavirusga chalingan fuqaro Umradan qaytgach 120 kishilik marosim o‘tkazgan

Farg‘onada koronavirusga chalingan fuqaro Umradan qaytgach 120 kishilik marosim o‘tkazgan


Farg‘ona viloyatida Saudiya Arabistonida Umra safarida bo‘lib qaytgan fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar berilgan edi. Keyinchalik ushbu fuqaroning uning turmush o‘rtog‘i, ikki farzandi va kelinida ham koronavirus aniqlangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-mart kuni o‘tkazilgan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurarshishni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida mazkur fuqarodan virusning qanday tarqalgani tafsilotlari ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani “Beruniy” mahallasida yashovchi ayol Umradan qaytib kelib, uyda karantinda bo‘lish talablarini qo‘pol ravishda buzib, ertasi kuni 120 nafar kishini chaqirib, dabdabali marosim o‘tkazgan.

“Oqibatda uning to‘rt nafar oila a’zosi infeksiya yuqtirgani aniqlandi. Yana qancha odam kasallangani hali noma’lum”, — deya Shavkat Mirziyoyevning videoselektordagi so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Prezident matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat 15-mart kuni aniqlangan edi — bemor 11-mart kuni Fransiyadan qaytgan oliy toifali shifokor bo‘lib chiqqandi. Keyinchalik u chet eldan qaytgach, uyida 35 kishi ishtirokida marosim o‘tkazgani, oqibatda kasallik kamida 13 kishiga yuqqani ta’kidlangan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 65 nafarga yetgan. Prezident Shavkat Mirziyoyevning ma’lum qilishicha, ularning 11 nafari Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti xodimlari — ushbu muassasa koronavirusga chalinganlarni davolash bo‘yicha respublikadagi bosh kasalxona bo‘lib turibdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev koronavirus masalasida O‘zbekiston xalqiga yana bir bor murojaat qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют