» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 15 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 15 nafarga yetdi


O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 15 nafarga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Avvalroq, koronavirus infeksiyasi bir muddat oldin Istanbuldan kelgan o‘zbekistonlikda aniqlangani haqida xabar berilgandi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, uning turmush o‘rtog‘ida ham ushbu infeksiya borligi tasdiqlangan.

“Shu bilan birga, Londonda bo‘lib qaytgan yana bir mamlakatimiz fuqarosida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Har ikki fuqaro ham qat’iy tibbiy nazoratda bo‘lgan. Ayni paytga kelib, ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 15 nafarga yetdi”, deyiladi vazirlik axborotida.

Qo‘shimcha qilishlaricha, infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Bungacha 11-mart kuni Fransiyadan (virus 15-mart kuni aniqlangan), 14-mart kuni Buyuk Britaniyadan, 15-mart kuni Turkiyadan qaytgan, shuningdek, Dubaydan qaytgan jami to‘rt nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Bundan tashqari, Fransiyadan qaytgan fuqaroning o‘g‘li, qizi, turmush o‘rtog‘i, nevarasi va bir qarindoshida, Turkiyadan qaytgan birinchi bemorning rafiqasi va ular bilan bir reysda bo‘lgan yana bir fuqaroda ham kasallik aniqlangani ma’lum qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют