» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 13 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 13 nafarga yetdi


O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 13 nafarga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Istanbuldan kelgan O‘zbekiston fuqarosi va Londonda bo‘lib qaytgan yana bir O‘zbekiston fuqarosining turmush o‘rtog‘ida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

“Har ikki fuqaro ham qat’iy tibbiy nazoratda bo‘lgan. Bemorlarning ahvoli hozircha qoniqarli bo‘lib, shifokorlar tomonidan davolash muolajalari olib borilmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Qo‘shimcha qilishlaricha, infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют