» » O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashga 100 mingga yaqin tibbiyot xodimi safarbar qilingan

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashga 100 mingga yaqin tibbiyot xodimi safarbar qilingan


O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashga 100 ming atrofida tibbiyot xodimlari safarbar qilingan. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-mart, payshanba kuni, o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Qayd etishlaricha, hozirda O‘zbekistonning barcha tibbiyot muassasalari kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazilgan, 11 ta tibbiyot muassasasi va 97 ta sihatgoh, oromgoh va yotoqxonalar karantinga ixtisoslashtirilgan.

26-mart soat 22:30 holatiga ko‘ra, 65 fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bo‘lsa, uni jilovlash, tarqalishining oldini olish hamda profilaktika qilish maqsadida uy sharoitida 80 mingga yaqin, statsionarda 12 ming nafar fuqaro karantinga olingan.

“Pandemiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 100 ming atrofida tibbiyot xodimlari mobilizatsiya qilinib, ularga hokimliklar, ichki ishlar tizimi, Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari yaqindan ko‘maklashmoqda”, — dedi Prezident.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev koronavirus masalasida O‘zbekiston xalqiga yana bir bor murojaat qildi

Prezident matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, videoselektorda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida birinchi bosqichda 10 ming o‘ringa mo‘ljallangan karantin zonasini barpo etish ishlari yakunlanayotgani aytib o‘tilgan.

Ta’kidlanishicha, Toshkent viloyatida 2 ta besh ming o‘rinli yuqumli kasalliklar shifoxonasi qurilmoqda. Uning mingtalik birinchi bloki yaqin kunlarda foydalanishga topshiriladi. Bundan tashqari, Surxondaryo, Namangan va Navoiyda ham har biri ming kishilik modul kasalxonalar va karantin punktlarini jihozlash ishlari boshlangan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash uchun quriladigan kasalxonalar 5 kunda foydalanishga topshiriladi

Avvalroq O‘zbekistonda bir hafta ichida sanatoriy va boshqa sog‘lomlashtirish maskanlari, mehmonxonalar negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 ta, viloyatlar va Toshkent shahrida 3 tadan 14 kunlik karantin tadbirlari uchun moslashtirilgan bazalar tashkil etilishi ma’lum bo‘lgandi. Bundan tashqari, mamlakat bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlarni davolash va karantin uchun 10 ga yaqin kasalxona qurilmoqda.

Mavzuga doir: Koronavirusni yuqtirganlarni joylashtirish uchun tashkil etilayotgan vaqtinchalik kasalxonalar — suratlarda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют