» » Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekistonda 21 ta YPX maskani va 60 ta postning faoliyati qayta tiklandi

Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekistonda 21 ta YPX maskani va 60 ta postning faoliyati qayta tiklandi


O‘zbekistonning boshqa hududlardan Toshkent shahriga avtotransport vositalarining kirib kelishini to‘xtatish choralarini to‘laqonli amalga oshirish maqsadida Toshkent shahrida 10 ta YPX maskani, 14 ta blok va to‘siq postida ichki ishlar xodimlarning xizmat faoliyati kuchaytirilgan. Bu haqda ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov ma’lum qildi.

Shuningdek, Toshkent viloyatining Toshkent shahri bilan chegara hududlaridagi 14 ta blok va to‘siq postlarda ham ichki ishlar xodimlarining faoliyati kuchaytirilgan. Toshkent viloyati hududidan avtotransport vositalarining Toshkent shahriga kirib kelishi mumkin bo‘lgan 61 ta aylanma yo‘l aniqlanib, ushbu yo‘llar yopilgan.

Bundan tashqari, bugungi vaziyatdan kelib chiqib, mamlakatning boshqa hududlarida faoliyati to‘xtatilgan 21 ta YPX maskani hamda 60 ta blok va to‘siq postlarning faoliyati qayta tashkil etilgan.

Hozirda jami 50 ta YPX maskani, 90 ta blok va to‘siq postlarda Ichki ishlar organlari, Mudofaa vazirligi hamda Milliy gvardiya xodimlari kuchaytirilgan tarzda xizmat olib bormoqda.

Barcha postlarga Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligining xodimlari jalb etilib, transport vositalarini dezinfeksiya qilish ishlari yo‘lga qo‘yildi hamda Toshkent shahriga kiruvchi va chiquvchi shaxslarda koronavirus infeksiyasi alomatlarini aniqlash bo‘yicha majburiy tibbiy nazorat o‘rnatildi.

Vazir tomonidan ma’lum qilinishicha, karantin rejimi davrida xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash tuzilgan tezkor shtablar tahlillariga ko‘ra, joriy yilning 27-fevralidan 27-martiga qadar O‘zbekistonga chegara orqali kirib kelgan jami 852 896 nafar fuqaro chegara xizmati va tibbiyot xodimlari bilan birgalikda ko‘rikdan o‘tkazilgan. Tibbiy ko‘rik davomida epidemik vaziyat noxush bo‘lgan davlatlardan kelgan 91 106 nafar shaxs aniqlanib, yashash manzili bo‘yicha 14 kunlik tibbiy kuzatuvga yuborilgan.

Vazirning bayonotiga ko‘ra, bugungi kunda, karantinga olinganlarning 25 595 nafari Sog‘liqni saqlash vazirligining xulosasi asosida tibbiy kuzatuvdan chiqarilgan bo‘lib, 65 511 nafari tibbiy kuzatuvda qolmoqda.

Tibbiy kuzatuvdagi shaxslardan 15 335 nafari shifoxonalarda, 50 176 nafari uy sharoitida saqlanmoqda. Uy sharoitida karantin o‘tayotgan fuqarolar, belgilangan qoidalarga rioya qilishi, karantin tartiblarini buzib tashqariga chiqishining oldini olish va aholining xotirjamligini ta’minlash maqsadida, har bir uyga Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari, shuningdek, mahalla raisi va tibbiyot xodimlari biriktirilgan.

Maxsus ajratilgan davolash va boshqa muassasalarda karantinda saqlanayotgan, tibbiy kuzatuvdagi shaxslarning belgilangan qoidalarga rioya qilishi, karantin tartiblarini buzib tashqariga chiqishining oldini olish maqsadida, ushbu maskanlar Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari hamda Ichki ishlar va Milliy Gvardiya xodimlari tomonidan qo‘riqlovga olingan.

Chet elda bo‘lgan fuqarolarni mamlakatga qaytarish borasidagi sa’y-harakatlar natijasida, bugungi kunga kelib, 20 ta avia va 14 ta temiryo‘l reysi orqali xorijiy mamlakatlarda bo‘lgan 7 682 nafar fuqaro mamlakatga evakuatsiya qilinib, 38 ta tibbiyot muassasasiga joylashtirildi.

O‘zbekistonda 27-mart, juma kuni soat 10:00 dan boshlab viloyatlararo yo‘nalishlarda barcha turdagi avtotransport vositalarining harakatlanishi to‘xtatildi.

Avvalroq Toshkent, Namangan, Andijon, Guliston, Buxoro, Samarqand, Navoiy, Zarafshon shaharlariga kirish-chiqish cheklangani, 28-martdan boshlab Qarshi shahriga kirish-chiqish yopilishi haqida xabar berilgan edi. 24-mart kuni Qamchiq dovoni bo‘ylab transport harakati to‘xtatilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan fuqarolar soni 83 nafarga yetdi, ulardan yetti nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. 27-mart kuni tongda Namanganda koronavirusga chalingan 72 yoshli ayol vafot etdi — uning o‘limiga miokard infarkti sabab bo‘lgani aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют