» » Shimoliy Koreyada koronavirus tufayli qancha odam karantinda ekanligi ma’lum qilindi

Shimoliy Koreyada koronavirus tufayli qancha odam karantinda ekanligi ma’lum qilindi


Shimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi (KMTA) xabariga ko‘ra, ikki chet el fuqarosi va yana 2 280 nafar fuqaro KXDR hududida karantinda qolmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Avvalroq KXDR uch kishidan tashqari barcha xorijiy fuqarolarni karantindan chiqarganini ma’lum qilgan. Karantinda jami 380 nafar chet el fuqarosi bo‘lgan. KMTA Pxyonan-Namdo, Pxyonan-Pukto provinsiyalarida karantindan mos ravishda 1500 va 1 090 kishi chaqarilgani va Kanvondo provinsiyasidan yana 1 430 kishiga ruxsat berilganini ma’lum qilgan. Janubiy Koreya OAVlari razvedka xizmati ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, KXDR umumiy hisobda kamida 7 ming kishini karantinga olgan.

Agantlik so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, karantindan yana bir xorijiy fuqaro chiqarilgan, shu sababli ayni paytda ikki nafar xorijlik va 2 280 nafar shimoliy koreyalik kuzatuv ostida qolmoqda. Qayd etilishicha, karantin davrini o‘tab bo‘lgan va kasallik belgilari kuzatilmaganlarga ruxsat berilmoqda. Qolganlarning so‘g‘lig‘i kuniga kamida ikki marta tekshirib turiladi.

Avvalroq Financial Times gazetasi o‘z manbalariga tayanib, Shimoliy Koreya hukumati o‘tgan hafta davomida mamlakatda COVID-19 koronavirusi mavjudligini aniqlashni kengaytirish maqsadida “xalqaro aloqalar”ga murojaat etganini ma’lum qilgan.

Yanvar oyi oxirida KXDR COVID-19 ga qarshi choralar doirasida chegaralarni deyarli yopib qo‘ydi va “milliy favqulodda karantin tizimi” joriy etilishini e’lon qildi. Fevral oyida chet eldan kelgan fuqarolar uchun karantin muddati 30 kungacha uzaytirildi.

KXDR ommaviy axborot vositalari fuqarolarni jamoat transportida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishga va kamida bir metr masofada saqlashga chaqirmoqda. KXDR maktablarida ta’tillar noma’lum muddatga yana uzaytirildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar 500 mingdan, kasallik tufayli vafot etganlar soni esa 23 ming kishidan oshgan. O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganar soni 88 nafarga yetdi.

Mavzuga doir: Eksponensial o‘sish. Koronavirusni to‘xtata olamizmi? (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют