» » OAVlar Malayziya va KXDRning Kim Chon Namning o‘ldirilishi bo‘yicha munosabatlaridagi muammodan xabar topdi

OAVlar Malayziya va KXDRning Kim Chon Namning o‘ldirilishi bo‘yicha munosabatlaridagi muammodan xabar topdi


Malayziya va KXDR Shimoliy Koreya yetakchisining akasi Kim Chon Nam o‘ldirilgandan keyingi ikki tomonlama munosabatlaridagi murakkablikni hal eta olmadi. Bu haqda Malayziya hukumatidagi manbalariga tayanib, NHK telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Malayziya Kim Chon Namni o‘ldirishda gumonlanayotgan Shimoliy koreyalik ikki fuqaroga mamlakatdan chiqishga ruxsat berishi taxmin qilinayotgan edi. O‘z navbatida, KXDR Malayziyaning to‘qqiz nafar fuqarosini qo‘yib yuborishga so‘z bergan.

Telekanal manbalariga ko‘ra, muzokaralar Shimoliy Koreya tashabbusi bilan to‘xtatib qo‘yilgan.

Mart oyi boshida KXDR Malayziya fuqarolariga mamlakatni tark etishni taqiqladi. Ular buni Malayziyadagi Shimoliy Koreya fuqarolari va diplomatlari xavfsizligini ta’minlash maqsadi bilan bog‘ladi.

O‘shanda Malayziya politsiyasi rahbari Holid Abu Bakir politsiya Kim Chon Namning o‘ldirilishi munosabati bilan so‘roq qilmoqchi bo‘lgan KXDRning ikki fuqarosi Kuala-Lumpurdagi elchixonada yashirinayotganligini ma’lum qilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-03-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют