» » Ben Afflek va Jennifer Garner ajrashish uchun ariza berdi

Ben Afflek va Jennifer Garner ajrashish uchun ariza berdi


Amerikalik aktyor, ssenariynavis va kinorejissor Ben Afflek o‘z rafiqasi — aktrisa Jennifer Garner bilan ajrashmoqda. Ularning ikkisi ham birgalikda orttirilgan mol-mulk va bolalar ustidan alohida vasiylik masalalari bo‘yicha sudlashishdan bosh tortgan. Bu haqda mashhurlar hayoti to‘g‘risidagi maxfiy axborotga ixtisoslashgan TMZ yangiliklar resursi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Ben va Jennifer ajrashish uchun bir vaqtda ariza bergan, ularning arizalari deyarli bir xil. Ikkalasi ham advokatlar xizmatidan foydalanishdan bosh tortgan. Aktyorlar uch farzandini birgalikda tarbiyalashda davom etishga kelishib olgan. Onaga aliment to‘lash masalasi ochiq qoldirilgan va u sud qaroriga bog‘liq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Ben Afflek va Jennifer Garner ajrashish qarori haqida 2015-yil iyunida rasman e’lon qilgan edi.

44 yoshli Afflek va 45 yoshli Garner 2005-yilda turmush qurgan bo‘lib, ularning ikki qizi va bir o‘g‘li bor.

Опубликовано: admin (14-04-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют