» » Skarlett Yoxansson ajrashish uchun ariza berdi

Skarlett Yoxansson ajrashish uchun ariza berdi


Aktrisa Skarlett Yoxansson ajrashishga ariza berdi. Bu haqda The New York Post xabar bermoqda.

Yoxansson eri Romen Doriak bilan orani ochiq qilgani haqida ikki oy avval ma’lum bo‘lgan edi.

Biroq endi aktrisa rasman ajrashmoqchi va shu maqsadda Manxetten Oliy sudiga ariza bilan murojaat qilgan.

Yoxanssonning so‘zlariga ko‘ra, uning Doriak bilan nikohi “tiklab bo‘lmas darajada buzilgan”.

Yoxansson sudyadan uch yoshli qizi Rouz Doroti Doriak uchun o‘zini asosiy vasiy etib tayinlashni so‘ramoqchi.

Aktrisaning eri esa Skarlettning bu qarori ustidan shikoyat qilib, qizni o‘zi bilan birga vatani — Fransiyaga olib ketmoqchi.

“Bu juda qiziqarli sud jarayoni bo‘ladi”, — dedi Romen Doriakning advokati The New York Post’ga bergan intervyusida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-03-2017, 20:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют