» » “Manchester Siti” “yangi Pirlo” uchun kurashga qo‘shildi

“Manchester Siti” “yangi Pirlo” uchun kurashga qo‘shildi


“Breshiya” klubining 19 yoshli yarim himoyachisi Sandro Tonali “Manchester Siti” nazariga tushdi, deb yozadi Sky Sports.

Uning xizmatlariga shaxsan Pep Gvardiolaning o‘zi qiziqib qolgan. Tonali ayni damda “yangi Pirlo” sifatida e’tirof etilmoqda. “Shaharliklar” ustozi esa Tonaliga jamoani tez orada tark etadigan Fernandinyoning o‘rinbosari sifatida qaramoqda.

“Siti” Tonali uchun “Manchester Yunayted”, “Inter”, “Yuventus” va PSJ klublari bilan kurashishiga to‘g‘ri keladi.

Tonalining transferi 50 million yevroga baholanmoqda. Futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasida 23 ta o‘yinda qatnashib, 1 ta gol urdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 139) ( 0) ( 138) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют