» » Toshkentda 1-apreldan issiqlik ta’minotini o‘chirish boshlanadi, lekin issiq suv o‘chirilmaydi

Toshkentda 1-apreldan issiqlik ta’minotini o‘chirish boshlanadi, lekin issiq suv o‘chirilmaydi


Toshkentda isitish mavsumi 1-apreldan to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

“Joriy yilning 1-aprel kunidan boshlab havo haroratining ko‘tarilishi munosabati bilan Toshkent shahrida isitish tizimini reja asosida navbatma-navbat o‘chirish buyicha ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz”, — deyiladi hokimlik axborotida.

Ayni vaqtda, hokimlikdan qo‘shimcha qilishlaricha, issiq suv ta’minoti o‘chirilmaydi hamda uzluksiz va sifatli ta’minlanishiga barcha choralar ko‘riladi.

Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat aniqlangach, shahar hokimligi isitish va issiq suv ta’minotini o‘chirish jadvali qayta ko‘ribi chiqilib, keyinga qoldirilgani ma’lum qilingan edi.

Mavzuga doir: “Karantin paytida kommunal xizmatlar to‘lovida imtiyozlar beriladimi?” Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi javob berdi

Avvallari Toshkentda har yili kuzda — issiqlik ta’minoti ishga tushirilishi arafasida va bahorda — issiqlik ta’minoti o‘chirilishi oldidan issiq suv ta’minoti ham salkam bir haftaga to‘xtatilar, issiq suvsiz qoladigan mahalla va mavzelarning ro‘yxati oldindan e’lon qilinar edi.

Ma’lumot uchun, 28-mart Toshkent vaqti bilan 20:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 104 ta holat qayd etilgan. Hozirgacha ikki bemor vafot etgan — ulardan biri Namanganda istiqomat qilgan 72 yoshli onaxon, ikkinchisi Toshkentda yashagan 39 yoshli shifokor erkak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют