» » “Karantin paytida kommunal xizmatlar to‘lovida imtiyozlar beriladimi?” Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi javob berdi

“Karantin paytida kommunal xizmatlar to‘lovida imtiyozlar beriladimi?” Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi javob berdi


Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining matbuot kotibi Alipasha Ahmedov karantin paytida kommunal xizmatlar (ichimlik suv, kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti) uchun to‘lovlarni amalga oshirishda iste’molchilarga imtiyozlar berilish yoki berilmasligiga aniqlik kiritdi.

“Ichimlik, oqova, issiq suv ta’minoti korxonalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarga karantin davrida to‘lovlar uchun jarimalar va peniyalar joriy etilmaydi hamda qarzdor iste’molchilar bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritilmaydi, iste’molchilar suv va kanalizatsiya tarmoqlaridan uzilmaydi.

Bundan tashqari, suv hisoblagichlarning davlat qiyoslov ko‘rigi muddati yaqinlashgan yoki muddati kelgan suv hisoblagichlari bo‘yicha hisob-kitoblar ham avvalgi o‘rtacha kunlik me’yorlar asosida amalga oshiriladi”, — deydi Ahmedov.

Mavzuga doir: 

Avval Oliy ta’lim vazirligi karantin sabab talabalarning yozgi ta’tili qisqarishi mumkinligini bildirgan. Toshkent shahar hokimligi esa benzin narxi oshmasligini ma’lum qilgandi. Shuningdek, O‘zbekistonda jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlangani va 25-martdan boshlab niqobsiz yurganlar jarimaga tortilishi xabar qilingan, mamlakatda tibbiyot niqoblarini ishlab chiqarish va sotish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilgan. Tibbiy niqob tanqisligini keltirib chiqarganlarga qat’iy choralar ko‘riladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют