» » Endi o‘zbekistonliklar gazdan qarzdorlikni Telegram-bot orqali bilishi mumkin

Endi o‘zbekistonliklar gazdan qarzdorlikni Telegram-bot orqali bilishi mumkin


“O‘ztransgaz” AJ Majburiy ijro va boshqa xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan birgalikda iste’mol qilingan tabiiy gaz va boshqa kommunal xizmatlar uchun mavjud qarzdorlik to‘g‘risida jamoatchilik to‘liq ma’lumot olishi uchun Telegram-botni ishga tushirdi.

Buni amalga oshirish uchun Telegram messenjeriga kirib, @MIBInformerBot bo‘limini tanlash lozim. So‘ngra telefon raqamini kiritib, “gaz” qismi tanlanadi, shaxsiy hisob raqami bilan gaz hisoblagichdagi ko‘rsatkich yuboriladi.

Telegram-bot iste’molchining so‘roviga ko‘ra bir necha soniya ichida qarzdorlik haqida ma’lumotni taqdim etadi.

Ushbu qulaylik fuqarolarga uylaridan turib iste’mol qilingan kommunal xizmatlar haqida ma’lumot olish va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishlariga yordam beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 18:44)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют