» » Kommunal xizmatlarning Yagona billing tizimi 2019-yilda ishga tushadi

Kommunal xizmatlarning Yagona billing tizimi 2019-yilda ishga tushadi


O‘zbekiston hukumati 14-sentabr kuni kommunal xizmatlarda iste’molchining shaxsiy raqami qo‘llaniladigan Yagona billing tizimini yaratish borasidagi Qarorni qabul qildi. Bu haqda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligidagi manbasiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Rejaga ko‘ra, tizim 2018-yilning avgustida ishga tushirilishi kutilmoqda, kommunal xizmatning ma’lumotlar bazasi va axborort tizimi unga keyinroq ulanadi: elektr va gaz ta’minoti — 2019-yilning yanvariga qadar, ichimlik suvi, kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti — 2020-yilning oxiriga qadar.

Yagona billing tizimi iste’molchilarga hisoblarni yetkazish va pul mablag‘lari o‘tkazilishini hamda amaldagi kommunal xizmatlar tariflariga muvofiq hisobdan chiqarishni nazorat qilish imkonini beradi.

Tizim doirasida O‘zbekiston bo‘yicha kommunal xizmat iste’molchilarning yagona reyestri joriy etilib, u keyinchalik elektron hukumat tizimlari bilan integratsiyalashadi.

Yagona billing tizimi ishini muvofiqlashtirish va uning uzluksiz ishlashiga mas’ul etib Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining UzInfocom markazi asosida tashkil etilgan davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratori tayinlangan.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga “O‘zbekenergo” va “O‘ztransgaz” kompaniyalari, shuningdek, kommunal xizmat ko‘rsatishning bir qator boshqa yetkazib beruvchilari bilan birgalikda, billing tizimidagi axborotlar uzatilishini avtomatlashtirish borasidagi elektron qurilmalarni o‘rnatish bo‘yicha loyihalarni tezroq amalga oshirish topshirilgan.

Loyiha rahbari shu yilning oxiriga qadar aniqlanishi lozim. Loyihalash uchun xalqaro moliyaviy institutlarning texnik yordamlarini jalb qilish rejalashtirilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (19-09-2017, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют