» » O‘zbekistonda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tashkil etilmoqda

O‘zbekistonda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tashkil etilmoqda


O‘zbekistonda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tashkil etilmoqda. Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 18-apreldagi “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan.

Farmonning rasmiy sharhida qayd etilishicha, yangi vazirlikning tashkil etilishi “uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida barcha tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi uyg‘unlashgan texnologik zanjirini shakllantirish asosida uy-joy fondidan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish, ko‘p xonadonli uylarning saqlanishi talablariga rioya etilishi ustidan texnik nazoratning samarali tizimini yaratish, shuningdek, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining ish sifatini oshirish va moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash”ga yo‘naltirilgan.

Bugungi kunda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 4 mingdan ziyod xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati 32,4 mingdan ortiq ko‘p xonadonli uylarga xizmat ko‘rsatmoqda. O‘tgan davr mobaynida aholi nufusi muttasil o‘sib borishiga qaramasdan, aholini uy-joy bilan ta’minlash darajasi kishi boshiga 1991-yildagi 12,4 kvadrat metr o‘rniga o‘rtacha 15,2 kvadrat metrga yetdi.

Shu bilan birga, uy-joy kommunal sohasining bugungi holatini tahlil qilish asosida zudlik bilan hal etilishi lozim bo‘lgan qator muammolar mavjudligi aniqlandi. Joylardagi ijro hokimiyati organlari xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari faoliyatini yetarlicha muvofiqlashtirmayapti. Ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish va undan foydalanish borasida kompleks yondashuvning yo‘qligi aholiga sifatli va kafolatli kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirishga to‘siq bo‘lmoqda va uy-joy mulkdorlarining haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.

Ko‘p xonadonli uy-joy fondini tegishli darajada saqlashni nazorat qilish tashkil etilmagan, ko‘p hollarda uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va unda aholining xavfsiz yashashi bo‘yicha belgilangan talablar buzilishiga yo‘l qo‘yilmoqda. Bino va inshootlarni ta’mirlash-tiklash ishlarini bajarishga oid qoida va muddatlarga rioya etilmayapti, eski uylarni buzish bo‘yicha ishlar olib borilmayapti, ko‘p xonadonli uylarga tutash hududlarning holati sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena me’yorlariga to‘liq javob bermaydi.

Aholi sifatli ichimlik suvi va markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti bilan yetarli darajada ta’minlanmayapti.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va uning tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari va Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi hamda uning tuman (shahar) bo‘limlari tashkil etildi.

Quyidagilar davlat boshqaruv organi sifatida mazkur vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:

Shuningdek, Vazirlik tarkibida Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida uning hududiy inspeksiyalari tashkil etildi.

Quyidagilarni nazorat qilish Inspeksiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

Farmonda vazirlik tarkibida Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘larini, birinchi navbatda, ko‘p xonadonli arzon uy-joy fondi, suv ta’minoti, kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish, kapital hamda joriy ta’mirlash, maxsus texnika va uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan ta’minlash hamda boshqa maqsadlarga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish uchun jalb etiladigan kreditlar, jumladan, xalqaro moliya institutlari va banklarning imtiyozli kreditlari, Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan solinadigan jarimalardan tushgan mablag‘lar, ichimlik suvi ta’minoti xizmatlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududiy moliya organlari bilan kelishgan holda belgilaydigan maxsus ustamalar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Jamg‘arma manbalari hisoblanadi.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birga, xizmat ko‘rsatuvchi banklarda suv ta’minoti tashkilotlariga ichimlik suvi ta’minoti xizmatlari tariflariga maxsus ustama mablag‘larini to‘plash uchun maxsus hisobraqam ochishni va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga mablag‘lar yo‘naltirishini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, Farmonda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar hokimliklari uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari, Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi huzurida “Ta’mirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalari va ularning shahar va tuman filiallarini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Tashkil etiladigan ushbu unitar korxonalar zimmasiga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki turar joy va noturarjoy inshootlari mulkdorlari bilan shartnoma asosida ko‘p xonadonli uy-joy fondi va unga tutash hududlardan foydalanish hamda ularni saqlash bo‘yicha tizimli ishlarni samarali tashkil qilish, ko‘p xonadonli uy-joy fondini mavsumiy foydalanishga o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash, ko‘p xonadonli uy-joy fondini kapital va joriy ta’mirlash hamda unga tutash hududlarni obodonlashtirish vazifalari yuklatilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют