» » O‘zbekistonda kommunal xizmatlardan qarzdor shaxslarning yirik tovarlarni sotib olishi va oldi-sotdilarni rasmiylashtirishi taqiqlandi

O‘zbekistonda kommunal xizmatlardan qarzdor shaxslarning yirik tovarlarni sotib olishi va oldi-sotdilarni rasmiylashtirishi taqiqlandi


Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-maydagi qarori bilan elektr energiyasi, tabiy gaz yetkazib berish, suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari hamda ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlik tekshirilgandan sodir etiladigan yirik bitimlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.

Endilikda quyidagi ro‘yxatga kiritilgan xizmatlar Majburiy ijro byurosi ma’lumotlar bazasida qarzorlik aniqlanmagan taqdirdagina ko‘rsatiladi:

Jismoniy va yuridik shaxslarda qarzdorlik aniqlangan taqdirda, bitimni amalga oshirayotgan yoki xizmatlar ko‘rsatayotgan tashkilotlar qarzdorga Byuro ma’lumotlar bazasidan olingan tegishli ko‘chirma nusxani taqdim qilgan holda bitimni amalga oshirish va xizmatlar ko‘rsatishni rad etadi.

Yetkazib berilgan energiya resurslari, suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari uchun qarzdorlikni tekshirish jismoniy shaxslarga – ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga va qarzdor – ko‘chmas mulk mulkdorining turar joy manzili bo‘yicha doimiy propiska qilingan shaxslarga nisbatan amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, qabul qilingan qaror bilan Byuroga jismoniy shaxslarning yetkazib berilgan energiya resurslari, suv chiqarish xizmatlari, ijro hujjatlari bo‘yicha qarzlarni to‘lashning qo‘shimcha shakllari, fuqarolarning qarzdorlik mavjudligi va uni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan, shu jumladan, SMS xabarlar va USSD so‘rovlardan foydalangan holda to‘lash tartibi to‘g‘risida xabardor qilish shakllarini joriy etish huquqi berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют