» » Ko‘chmas mulklar bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash tartibi soddalashtirildi

Ko‘chmas mulklar bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash tartibi soddalashtirildi


Davlat notarial idoralari faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 106-son “Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rasmiy saytida xabar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq jarayonlarni avtomatlashtirish, ko‘chmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanganligi yoki xatlanganligi bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek notarial harakatlarni amalga oshirishda idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishni nazarda tutuvchi “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimini amalga kiritish haqidagi taklifiga rozilik berildi.

Shuningdek, mazkur qaror bilan Ko‘chmas mulkni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda notarial tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Davlat notarial idoralari notariuslari tomonidan idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda ko‘chmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini tasdiqlash:

Toshkent shahrida – 2017-yil 1-iyuldan boshlab;

O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida – 2018-yil 1-iyuldan boshlab amalga oshirilishi belgilandi.

Qayd etish lozimki, qonun hujjatlariga muvofiq ko‘chmas mulklarning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini notarial tasdiqlashda jismoniy va yuridik shaxslar soliqlar, kommunal xizmatlar va elektr energiyadan qarzdorlik yo‘qligi haqidagi ma’lumotnomalarni, shuningdek, kadastr xizmatining bino va inshootlarning tegishliligi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishi lozim. Ushbu ma’lumotlarni yig‘ish uchun turli tashkilotlarga borgan holda fuqarolar ko‘p vaqt sarflaydi. Bunda ushbu ma’lumotnomalarni olish uchun kommunal xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa tashkilotlarga shaxsni tasdiqlovchi hujjat, ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat, uy hujjatidan ko‘chirma, kvartira ichidagi issiqlik ta’minoti tizimining tekshirish dalolatnomasi va boshqa shu kabilar taqdim etilishi lozim.

Hukumatning mazkur qarori bilan soliqlar, kommunal xizmatlar va elektr energiya bo‘yicha qarzdorlik yo‘qligi, bino va inshootlarning tegishliligi haqidagi ma’lumotlarni fuqarolar tomonidan qog‘oz ko‘rinishida yig‘ish amaliyotiga chek qo‘yildi. Buning o‘rniga esa ushbu ma’lumotlarni notariuslar idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali aniq vaqt rejimida mustaqil olishi belgilandi.

Bundan tashqari, Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun to‘lanadigan davlat boji va boshqa to‘lovlarni elektron tarzda amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bitimlar loyihalarini tayyorlash, notarial harakatlar haqida tushuntirishlar olish va notarius qabuliga oldindan yozilish uchun murojaat qilish mexanizmi joriy qilish kabi topshiriqlar berildi.

Опубликовано: admin (2-03-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют