» » MIB elektr va gaz iste’molidan tashqari suv ta’minoti uchun to‘lovlarning undirilishiga ham mas’ul etib belgilandi

MIB elektr va gaz iste’molidan tashqari suv ta’minoti uchun to‘lovlarning undirilishiga ham mas’ul etib belgilandi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-noyabr kuni “Suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Farmonda O‘zbekistonning vodoprovod-kanalizatsiya xo‘jaligini boshqarish tizimini, suv iste’molini nazorat qilish va hisobga olish mexanizmlarini tubdan takomillashtirishni, shuningdek, suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlashni ta’minlashga qaratilgan kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

Xususan, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining vazifalari doirasi kengaytirilmoqda. Endilikda, byuro elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli uchun to‘lov intizomini mustahkamlash bilan bir qatorda, suv ta’minoti va suv chiqarish sohasida to‘lovlar undirilishini ta’minlaydi.

Shu munosabat bilan, byuroga:

kabi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.

Yuklatilgan qo‘shimcha vazifalarni bajarish uchun byuroga ilgari Prezidentning 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni 4-bandiga muvofiq taqdim etilgan vakolatlarning barchasi berilmoqda.

Misol uchun, byuro xodimlari nafaqat elektr energiyasi va tabiiy gaz, shu bilan birga suv yetkazib berilishi va iste’molini hisobga olishning to‘liqligi hamda haqqoniyligi, hisob-kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan, shu jumladan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi bilan kelishmagan holda tekshirish o‘tkazish huquqiga ega bo‘ldi.

Suv uchun qarzdorlik mavjud bo‘lganda ham, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobraqamlariga uni so‘zsiz undirish haqida bajarilishi majburiy bo‘lgan inkasso-topshiriqnomalari qo‘yiladi, jismoniy shaxslarga nisbatan esa ish haqidan ushlab qolish haqida ish beruvchilarga talabnomalar yuboriladi.

Bundan tashqari, byuro xodimlari suv uchun hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilmagan, Byuro talabnomalari ijro etilmagan hollarda, shuningdek, tarmoqqa noqonuniy ulanish, talon-toroj holatlari aniqlanganda, iste’molchilarni suv ta’minoti va suv chiqarish tarmog‘idan uzish huquqiga ega bo‘ladi.

Farmonning 3-bandida byuro va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari sohasida javobgarlik doirasi belgilab berilgan bo‘lib, bu mazkur idoralar faoliyatida bir-birining ishini qaytarish va takroriylik holatlarini istisno qiladi hamda ishonib topshirilgan faoliyat yo‘nalishi uchun javobgarlikning “yo‘qolib ketishi”ga yo‘l qo‘ymaydi.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 08:59)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют