» » O‘zbekistonda suv iste’molchilarining atigi 42 foizi hisobga olish uskunalari bilan qamrab olingan

O‘zbekistonda suv iste’molchilarining atigi 42 foizi hisobga olish uskunalari bilan qamrab olingan


O‘zbekiston vodoprovod-kanalizatsiya xo‘jaligida suvni ishlab chiqarish, sarflash va iste’mol qilishni hisobga olish tizimi amalda mavjud emas. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Masalan, bugungi kunda respublika bo‘yicha suv olish inshootlari, suv quvurlari, vodoprovod tarmoqlari hamda suv ta’minoti va suv chiqarishning boshqa obyektlarida suvni hisobga olish uskunalari bilan ta’minlash atigi 29,4 foizni, iste’molchilarni qamrab olish esa 42 foizni tashkil etadi.

“Oqibatda, amaliyotda suvning yetkazib berilishi, to‘lovlar o‘tkazilishi va o‘zaro hisob-kitoblar holati, shuningdek, iste’molchilarning debitor qarzdorligi haqidagi ma’lumotlarning ishonchliligi ta’minlanmayapti”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Bundan tashqari, qayd etishlaricha, uy-joy kommunal sohasida suv ta’minoti korxonalarini, jumladan menejment va debitor qarzdorlik undiruvini tashkil etish masalalarini boshqarishda samarali tizim mavjud emas.

Buning oqibatida yuzaga kelgan vodoprovod-kanalizatsiya xo‘jaligi korxonalarining zarar bilan ishlashi, shuningdek, mazkur korxonalarda katta miqdordagi kreditor va debitor qarzdorlikning mavjudligi, O‘zAning qayd etishicha, ularning moliyaviy ahvolini ichki imkoniyatlar hisobidan yaxshilash imkonini bermaydi.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют