» » Ozbekistonda qarzdorligi bolgan shaxslarning chet elga chiqishi cheklanishi mumkin

Ozbekistonda qarzdorligi bolgan shaxslarning chet elga chiqishi cheklanishi mumkin


1-maydan boshlab Ozbekistonda energetika resurslari, suv taminoti va kanalizatsiya xizmatlari, shuningdek, ijro hujjatlari boyicha qarzdorlarning umumiy malumotlar bazasi joriy etiladi, deb yozadi Gazeta.uz. Kuzgacha Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi ijro hujjatlari boyicha qarzlarni musodara qilish boyicha yagona idoralararo hamkorlik tizimini ishga tushirishi kerak.

Malumotlar bazasiga kiritilgan qarzdorlar jismoniy va yuridik shaxslar yirik oldi-sotdilarni amalga oshira olmaydi, moliya-kredit xizmatlari, xalqaro yolovchi tashish xizmatlari, shuningdek, davlat xizmatlarining muayyan turlaridan foydalana olmaydi.

Jamoatchilik muhokamasi uchun elon qilingan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida malumotlar bazasiga kimlarni kiritish va ularni qanday xizmatlardan vaqtinchalik mahrum qilish rejalashtirilayotganini korish mumkin.

Bazaga energetika resurslari, suv taminoti va kanalizatsiya xizmatlari, shuningdek, ijro hujjatlari boyicha jismoniy shaxslar uchun eng kam oylik ish haqining 2 barobari, yuridik shaxslar uchun 5 barobaridan ortiq qarzdorligi bolgan qarzdorlarni kiritish kozda tutilmoqda.

Yirik oldi-sotdi deganda notarial tasdiqlanishni va davlat royxatidan otkazilishni talab etadigan oldi-sotdilar nazarda tutiladi.

Qarzdorligi bolgan jismoniy va yuridik shaxslarga bank xizmatlari, sugurta xizmatlari korsatilishini, shuningdek, xalqaro yolovchi transportida Ozbekiston chegarasidan tashqariga chiqishni taqiqlash taklif etilmoqda.

Shuningdek, qarzdorlar davlat xizmatlari markazlarida davlat xizmatlaridan foydalana olmaydi.



Manba: Daryo.uz
: admin (10-04-2018, 10:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 2) ( 0) ( 1) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -