» » O‘zbekistonda ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish bo‘yicha yagona tizim yaratiladi

O‘zbekistonda ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish bo‘yicha yagona tizim yaratiladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari bo‘yicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini yaratish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini tashkil etishda samarali hamkorlikni ta’minlash, qarzdorlikni undirish choralarining tezkorligi va ta’sirchanligini oshirish maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosida Ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari bo‘yicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi yaratiladi.

Tizim quyidagilarga mo‘ljallangan:

- qarzdor-jismoniy shaxslar va ularning mol-mulklari, shuningdek, olib berilishi lozim bo‘lgan bolani qidirishda Byuro va davlat organlari, bank muassasalari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida tezkor axborot almashish;

- davlat ijrochilarining qarorlari, topshiriqlari, ko‘rsatmalari, bildirishnomalari va boshqa xabarnomalarini, shuningdek, ularga javoblarni tegishli davlat organlari, bank muassasalari va boshqa tashkilotlariga elektron hujjat ko‘rinishida yuborish (qabul qilish);

- sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan bo‘yin tovlayotgan qarzdorlarga, shu jumladan ularning mol-mulklari va mulkiy huquqlariga nisbatan cheklov choralarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘z vaqtida qo‘llash.

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda Byuro bilan elektron hamkorlikni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Byuroga mazkur ro‘yxatni boshqa davlat organlari va tashkilotlar bilan kengaytirish, shuningdek, ular bo‘yicha qarzdorliklarni undirish masalalari bo‘yicha idoralararo elektron hamkorlik sxemasini kelishilgan holda belgilash huquqi berildi.

Byuro va hamkorlik qiluvchi tashkilotlar o‘rtasidagi qarzdorliklarni undirish bo‘yicha idoralararo elektron hamkorlik:

- mavjud ma’lumotlarning tezkorligi va haqqoniyligini ta’minlagan va qonun hujjatlariga muvofiq axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni ko‘rgan holda ruxsatsiz foydalanishga imkon bermaydigan himoyalangan telekommunikatsiya tarmoqlari orqali;

- hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning axborot tizimlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish yoki hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning ma’lumotlar bazalarini Byuroning axborot tizimida takrorlash va muntazam yangilab borish yoxud hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning axborot tizimlarini Byuroning axborot tizimi bilan integratsiya qilish yo‘li bilan;

- byuro va hamkorlik qiluvchi tashkilot o‘rtasida tuziladigan elektron hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvlar va texnologik yo‘riqnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют