» » O‘zbekiston Senatida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining veb-saytlari yangilab borilmayotgani tandiq qilindi

O‘zbekiston Senatida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining veb-saytlari yangilab borilmayotgani tandiq qilindi


O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatida 27-aprel kuni Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Senat axborot xizmati.

Unda O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatovning “Elektron hukumat” tizimini joriy etish bo‘yicha qonun hujjatlari ijrosi to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Majlisda Senat a’zolari, Vazirlar Mahkamasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Konstitutsiyaviy sud va Oliy sud, Bosh prokuratura, Markaziy bank, vazirliklar va idoralar, O‘zA, O‘zbekiston MTRK, poytaxtning oliy o‘quv yurtlari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” YoIH, “Nuroniy” jamg‘armasi va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot tizimlarini va ma’lumotlar bazalarini yaratish bo‘yicha 70 dan ortiq loyiha texnik ekspertizadan o‘tkazilgani qayd etildi.

Majlisda “Elektron hukumat” tizimini joriy etishga doir qonun hujjatlari ijrosida mavjud ayrim kamchiliklar va muammolar ham qayd etildi. Masalan, ayrim davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida ko‘rsatiladigan davlat va tarmoq xizmatlari ro‘yxati ro‘yxatga olinmagan, bu esa o‘z navbatida tadbirkorlarga elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Kommunal xizmatlar va uy-joy fondlari portalida (e-kommunal.uz) kommunal xizmatlarning barcha turlari aks ettirilmagan, portalga joylashtirilgan yangiliklar va ma’lumotlar ko‘pincha boshqa veb-saytlarda chop etilgan ma’lumotlarni takrorlaydi.

Portalning ochiq ma’lumotlar (data.gov.uz) tizimi ham oxirigacha shakllantirilmagan. Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan barcha ochiq ma’lumotlar taqdim etilmagan. Elektron hujjat ayriboshlash tizimi dasturi (E-ijro) to‘liq faoliyat olib bormayapti. Bu dastur barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlashga qaratilgan. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida AKT tizimi to‘liq joriy etilmagan, ularning veb-saytlari yangilab borilmaydi.

Muhokama chog‘ida “Elektron hukumat” tizimini joriy etishga doir qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha manfaatdor vazirliklar va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari va hokimliklarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini yanada takomillashtirish hamda muhokama etilgan masalalar yuzasidan mavjud bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tegishli chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha bir qator takliflar va tavsiyalar bildirildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-04-2017, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют