» » O‘zbekiston Senati 28—29-mart kunlari yalpi majlis o‘tkazadi

O‘zbekiston Senati 28—29-mart kunlari yalpi majlis o‘tkazadi


O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi 28—29-mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Senat Kengashining 22-mart kuni bo‘lib o‘tgan majlisida qaror qabul qilindi, deya xabar bermoqda Senat axborot xizmati.

Majlis kun tartibiga bir qator qonunlar, xususan, Konstitutsiyaga, “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunga, Fuqarolik protsessual va Xo‘jalik protsessual kodekslariga va boshqa bir qator qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonunlar, shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi qonun kiritiladi.

Shu bilan bir qatorda senatorlar Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning, Hisob palatasining, bosh prokurorning, ichki ishlar vazirining, Markaziy bank boshqaruvi raisining, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining hisobotlarini eshitadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-03-2017, 20:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют