» » Deputatlar O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilayotgan tuzatishlarni ko‘rib chiqdi

Deputatlar O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilayotgan tuzatishlarni ko‘rib chiqdi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Harakatlar strategiyasiga muvofiq amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan qonun loyihalari muhokama qilindi. Bu haqda palata axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan keyingi oylarda “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlar qabul qilindi.

Parlament a’zolari ta’kidlaganlaridek, sud tizimi benuqson ishlashi zarur. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun va bir qator protsessual kodekslarga kiritilayotgan, yangidan tashkil etilayotgan ma’muriy va iqtisodiy sudlarning huquqiy asosini yaratish, ishlarni ko‘rib chiqish tartibini soddalashtiradigan o‘zgarish va qo‘shimchalar shunga qaratilgan.

Shuningdek, deputatlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Bugungi kunga qadar Sudyalarni tanlash va lavozimlariga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini aniq huquqiy maqomga ega bo‘lmagan holda, jamoatchilik asosida amalga oshirar, sudyalarni rag‘batlantirish yoki ularga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari ko‘rish vakolatlariga ega bo‘lmagan. Mazkur qonun ushbu kamchiliklar o‘rnini to‘ldiradi va konstitutsiyaviy organ maqomi berilgan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining faoliyatini tartibga soladi.

Deputatlar siyosiy partiyalarning 2016-yilda o‘z faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisobotlarini tingladi. Mazkur masala bo‘yicha barcha siyosiy partiyalar rahbarlari so‘zga chiqdi.

Majlis davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-03-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют