» » O‘zbekiston deputatlari Avstriya, Germaniya va Italiyaning tadbirkorlik bo‘yicha tajribasini o‘rgandi

O‘zbekiston deputatlari Avstriya, Germaniya va Italiyaning tadbirkorlik bo‘yicha tajribasini o‘rgandi


24-fevral kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining axborot xizmatiga tayanib, O‘zA xabar bermoqda.

Deputatlar fuqarolar, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdi.

Deputatlar ishni O‘zbekiston Prezidentining 2016-yil 5-oktabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlash, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonini ijro etish maqsadida hamda 2017-yilga mo‘ljallangan Soliq va byudjet siyosati konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda muhokama qilishdan boshladi.

Bunda to‘lovga oid tartib-intizomni, soliqqa oid maslahatlar berish sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini, xorijiy investitsiyalarga ega bo‘lgan korxonalarning huquqlari va ular faoliyatining kafolatlarini ta’minlash nazarda tutilmoqda. Qonun loyihasini tayyorlash chog‘ida amalda mavjud bo‘lgan muammolar tahlil etildi, Avstriya, Germaniya, Italiya kabi davlatlarning hamda MDHdagi bir qator mamlakatlarning tajribasi o‘rganilib, bu pirovardida hujjatning sifatini yaxshilash imkonini berdi.

Ushbu qonunning qabul qilinishi tadbirkorlik sohasini jadal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga, soliqqa oid maslahatlar berish masalalarini huquqiy jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

 

Опубликовано: admin (25-02-2017, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют