» » Shofirkon tumanida gaz va elektr taminotidagi muammolar xalq deputatlari Kengashi sessiyasida muhokama qilindi

Shofirkon tumanida gaz va elektr taminotidagi muammolar xalq deputatlari Kengashi sessiyasida muhokama qilindi


Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati azolari tomonidan 10-fevral kuni xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashining sessiyasida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taminlash borasida olib borilayotgan ishlarni organish yakunlari korib chiqildi. Bu haqdaOliy Majlis Qonunchilik palatasi rasmiy sayti xabar berdi.

Yigilishda erishilgan natijalar bilan birga ayni vaqtda oz yechimini kutayotgan ayrim muammo va kamchiliklarga ham toxtalib otildi. Xususan, tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish va ularga tegishli komak berish borasida tumanning ichki resurs va imkoniyatlaridan toliq foydalanilmayapti. Ayrim tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga tumanda yetarli sharoitlar yaratilmayotganligi ularning asosli etirozlariga sabab bolmoqda.

Aholi, ayniqsa kollej bitiruvchilari bandligini taminlash masalalarida qator kamchiliklar kozga tashlanmoqda. Bunda rasmiyatchilik va sansalorlik kabi salbiy holatlar uchramoqda. Tumandagi tegishli davlat idoralari tomonidan bu boradagi ishlar oz samarasini bermayotir.

Organish davomida Oliy Majlis vakillari tomonidan 40 ga yaqin fuqarolarni ishga joylash choralari korilganining ozi buning yaqqol dalildir.

Fuqarolar aholiga tibbiy xizmat korsatish darajasi va sifati, ayniqsa, tuman kop tarmoqli shifoxonasi, shoshilinch tibbiy yordam markazi, qishloq vrachlik punktlari faoliyatini yanada yaxshilash, tibbiyot muassasalarini malakali mutaxassis kadrlar, dori vositalari va dori-darmonlar bilan taminlashni yaxshilash lozimligini takidladilar.

Tumanda talim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilganligiga qaramay, ayrim umumtalim maktablarini Davlat dasturlari asosida qurish va tamirlash ishlari yetarli olib borilmagan. Bolalarni maktabgacha talim muassasalari bilan qamrab olish darajasi past bolib qolmoqda.

Hududda gaz va elektr taminotidagi mavjud muammolar aholining haqli etirozlariga sabab bolmoqda.

Sessiyada tumanda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan qonuniylikni taminlash, huquqbuzarliklarni oldini olish, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni kuchaytirish, shuningdek xalq oldida prokuratura, ichki ishlar va boshqa mutasaddi idoralar rahbarlarining hisobotlarini eshitish tizimini yanada takomillashtirish maqsadga muvofiqligi aytib otildi.

Tumanda fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari tomonidan ularga qonun bilan berilgan vakolatlardan samarali va toliq foydalanilmayotganligi, xususan hududdagi korxona, muassasa va tashkilot rahbarlarining hisobotlari tizimli ravishda eshitilmayotganligi, qabul qilingan qarorlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagani uchun mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish togrisida taqdimnomalar kiritish amaliyoti yolga qoyilmaganligi qayd etildi.

Sessiyada muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

: admin (14-02-2017, 09:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -