» » Koronavirusga chalingan uch andijonlik Farg‘onadagi kursdoshlar uchrashuviga borgan. Uchrashuvda namanganliklar ham bo‘lgan

Koronavirusga chalingan uch andijonlik Farg‘onadagi kursdoshlar uchrashuviga borgan. Uchrashuvda namanganliklar ham bo‘lgan


Farg‘onaning Yozyovon tumanida uyushtirilgan kursdoshlar uchrashuvida qatnashgan uch andijonlikda keyinchalik koronavirus aniqlangan. Uchrashuvda Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi ikki fuqaro ham bo‘lgan, deya ma’lum qildi Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov.

“Shuncha targ‘ibot-tashviqot ishlariga, turli yig‘ilish va marosimlar o‘tkazish taqiqlanganiga qaramay, oliy ma’lumotli ikki nafar fuqaromiz Farg‘onaning Yozyovon tumaniga kursdoshlar uchrashuviga borgan. Bu yerda Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatidan kelgan sobiq kursdoshlar kun davomida birga bo‘lgan.

Ular orasida Andijondan kelgan, koronavirus yuqtirgan uch fuqaro ham bo‘lgan. Oqibatda shu uchrashuvda bo‘lgan hamma karantinga olindi, hozir ular tekshirilmoqda. Namanganlik ikki fuqaro ham karantinda, tahlil natijalarini kutyapmiz. Eng achinarlisi, ular uchrashuvdan kelib, yana 47 kishi bilan muloqotda bo‘lgan.

Tasavvur qiling — ikki kishi kasallik yuqtirib kelib, uni 47 kishiga yuqtirsa, bu 47 kishi keyin o‘z oila a’zolariga yuqtirsa, nima bo‘ladi?”, — dedi Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov 27-mart kuni viloyat aholisiga qilgan telemurojaatida.

Mavzuga doir: Farg‘onada koronavirusga chalingan fuqaro Umradan qaytgach 120 kishilik marosim o‘tkazgan

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusdan ilk o‘lim 27-mart kuni Namanganda qayd etildi — koronavirusga chalingan 72 yoshli onaxon infarktdan vafot etdi. Kasallik unga 12-mart kuni Umra safaridan Turkiya orqali qaytgan qizidan yuqqan. Onaxondan tashqari, koronavirus Umra ziyoratida bo‘lib qaytgan ayolning singlisi, qizi va nevarasida ham aniqlangan.

Ma’lumot uchun, 29-martga qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq 104 ta holat aniqlandi (ikki kishi vafot etgan). Bemorlarning kamida uch nafari Andijon viloyatigi yuqumli kasalliklar kasalxonasida davolanmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2020, 03:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют