» » Londonning uchta klubi “Real” hujumchisi uchun kurashadi

Londonning uchta klubi “Real” hujumchisi uchun kurashadi


Madridning “Real” klubi hujumchisi Luka Yovich yana bir London jamoasining qiziqishiga sabab bo‘lmoqda.

Avvalroq futbolchiga “Chelsi” va “Tottenhem” befarq emasligi xabar qilingandi. Ular qatoriga “Arsenal” ham qo‘shilgan. Shuningdek, serbiyalik iqtidor egasiga “Napoli” va “Milan”dan ham qiziqish bor.

Madridilklar Yovichni 2019-yilning yozida “Ayntraxt”dan 60 million yevro evaziga sotib olgandi. Biroq Luka yangi jamoasining asosiy tarkibidan o‘rin ola bilmadi.

22 yoshli futbolchi joriy mavsum “Real” safida 15 o‘yinda ishtirok etib, ikkita gol va ikki samarali uzatmaga muallif bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют